Majburiy mehnatga jalb qilgan mansabdor jarimaga tortildi
Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish davomida Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan Respublika bolalar suyak sili sanatoriysi direktori xodimlarini o‘zining xizmat vazifasiga kirmaydigan obodonlashtirish ishlariga majburiy ravishda jalb qilgani aniqlandi. Shu sababli sanatoriy direktori O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy jarimaga tortildi.