Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoq orqali “Qarshi tumanidagi maktabda o‘quvchilar dars vaqtida majburiy mehnatga jalb qilingani aytilmoqda” mazmunidagi xabar (https://nasafnews.uz/?p=24190) bo‘yicha Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish davomida Qarshi tumani Xalq ta’lim bo‘limiga qarashli 45-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari obodonlashtirish ishlariga jalb qilinganligi holatlari aniqlandi.
Mazkur holat bo‘yicha Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan vakolat doirasida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, prokuratura organlariga yuborildi.