BOLALAR MEHNATIDAN FOYDALANISH VA MAJBURIY MEHNATNI OLDINI OLISH BO‘YIChA ONLAYN O‘QUV SEMINARLAR

Fermer xo‘jaliklari va paxta to‘qimachilik klasterining majburiy mehnat to‘g‘risidagi habardorligini oshirish maqsadida, Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish komissiyasining 2020 yil 17 iyundagi yig‘ilishida tasdiqlangan Yo‘l xaritasiga muvofiq, Sirdaryo, Toshkent, Buxoro hamda Navoiy viloyatlarida majburiy mehnatni oldini olish, mavsumiy ishga jalb qilinadigan ishchilarni yollashda mehnat qonunchiligiga amal qilish mavzusida onlayn o‘quv-seminarlar tashkil etildi.

 

Xalqaro mehnat tashkiloti vakillari, hususan, O.Lipkanu, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va hokimiyat mas’ullari tomonidan Ish beruvchilar konfederasiyasi, Savdo-sanoat palatasi, Kasaba uyushmalari federasiyasi vakillari, fuqarolik jamiyatining faollari, viloyatlar fermer xo‘jaliklari va paxta to‘qimachilik klasteri rahbarlari hamda ish beruvchilar ishtirokida o‘tkazilgan onlayn-o‘quv seminarlarda, majburiy mehnat tushunchasining mazmun-mohiyati, paxta yig‘im terimi davrida mavsumiy ishchilarni ishga qabul qilish tartibi bo‘yicha kerakli ma’lumotlar ko‘rgazmali taqdimotlar vositasida tushuntirildi.

 

Karantin talablariga to‘liq rioya etgan holda majburiy mehnatni oldini olish bo‘yicha fikr-mulohazalar almashinib, qatnashchilarga majburiy mehnat to‘g‘risidagi qo‘llanma hamda flayerlar tarqatildi.

 

 

Shu bilan birga, Prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi jinoyat sudidan taklif etilgan huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari majburiy mehnat bo‘yicha javobgarlik choralari to‘g‘risida tadbir ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

Ushbu tadbirlar respublikaning barcha hududlarida amalga oshiriladi.