Buxoro viloyatida Xalqaro Mehnat Tashkiloti bilan hamkorlikda o‘quv-seminar tashkil etildi

Buxoro viloyatida Xalqaro Mehnat Tashkiloti bilan hamkorlikda o‘quv-seminar tashkil etildi

Buxoro viloyatida Bandlik va mehnat munosabatlari tomonidan Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda majburiy mehnatning oldini olish, mavsumiy ishga jalb qilinadigan ishchilarni yollashda mehnat qonunchiligiga amal qilish masalalari bo‘yicha onlayn o‘quv-seminar tashkil etildi.

Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish komissiyasining 2020 yil 17 iyundagi yig‘ilishida tasdiqlangan yo‘l xaritasiga muvofiq, respublikamiz bo‘ylab reja asosida tashkil etilgan  yig‘ilishda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mas’ullari, Xalqaro Mehnat Tashkiloti vakili O.Lipkanu, huquqni muhofaza qiluvchi tashkilot vakillari, ish beruvchilar konfederasiyasi, Savdo-sanoat palatasi, fuqarolik jamiyati faollari, Buxoro viloyati fermer xo‘jaliklari va paxta to‘qimachilik klasteri rahbarlari hamda ish beruvchilar ishtirok etdi. 

Karantin talablariga to‘liq rioya etgan holda o‘tkazilgan mazkur tadbir davomida tinglovchilar majburiy mehnat tushunchasining mazmun-mohiyati, paxta-yig‘im terimi davrida mavsumiy ishchilarni ishga qabul qilishda nimalarga amal qilish zarurligi haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. 

O‘quv-seminar savol-javoblar tarzida muhokamalarga boy bo‘lib, qiziqarli taqdimotlar asosida tashkillashtirildi.