Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi

2019-yil 9-oktyabr kuni Oliy Majlis Senatida Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Milliy komissiya raisi Tanzila Narbayeva olib bordi.

Yig‘ilishda Milliy komissiya a’zolari, vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari, shuningdek ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-iyuldagi “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tuzilgan Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi zimmasiga yuklatilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.